35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
PQ-141-son qarori ijrosi “Orol” mahallasida o‘rganildi

PQ-141-son qarori ijrosi “Orol” mahallasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.

Monitoring davomida Termiz tumanining “Orol” mahallasida loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash ishlari bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari va mahalla faollari ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, sifati hamda belgilangan vazifalarning ijro holati yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. Mavjud holatlar tahlil qilinib, ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, Prezident qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 3