Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
“XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati,doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘ziga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.Deputat tomonidan o‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:Markaz tomonidan 2026-yil davomida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda bolalarga nechta holatda xizmat ko‘rsatilgan;Mahallalardan murojaatlar qaysi tartibda qabulqilinadi va ularni ko‘rib chiqish mexanizmi qanday;Himoya orderi berilgan fuqarolar bilan hamkorlik ishlari qanday tashkil etilgan;Ichki ishlar organlari, sog‘liqni saqlash, ta'lim va mahalla bilan hamkorlik qanday yo‘lga qo‘yilgani. O‘rganish davomida markazning Ruhiy-psixologik xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi Mirxoshimova Dilnoza Nematovna bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, deviant xulqli bolalar, ruhiy holatida og‘ishlar kuzatilayotgan fuqarolar hamda notinch oilalarda voyaga yetayotgan bolalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va psixologik xizmatlar haqida ma’lumot berildi.Shuningdek, mahallalardan 12 ta toifa bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asosida fuqarolarga, xususan xotin-qizlarga individual ruhiy-psixologik xizmatlar ko‘rsatilayotgani, ularning muammolarini bartaraf etish hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan psixologik xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 3