Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
Deputat so'rovi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Madaminov Alisher Abdullayevich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Bekjanovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Bekjanovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Taxiatosh” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining tomorqa yerlarini sug‘orish uchun Xo‘jayli ko‘chasidagi ariqqa suv yetkazib berish va ushbu murojaatini belgilangan tartibda o‘rganib chiqib, masalaning ijobiy hal qilinishida amaliy yordam berishni so‘radi.

📥 Deputat Madaminov Alisher Abdullayevich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 1