Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ayrim Kengash qarorlariga tahririy aniqlik kiritish bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ayrim Kengash qarorlariga tahririy aniqlik kiritish bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ilgari qabul qilingan qarorlarning ayrim bandlarida qo‘llanilgan iboralarni amaldagi tartib va mazmuniga muvofiqlashtirish zarurati yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulovning xati hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limining xulosasi asosida tegishli bandlarga aniqlashtiruvchi qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mazkur masala Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi ma’qullandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1