Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.

Kengashning 6 – 10-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlari asosida tegishli doimiy komissiya faoliyatiga oid qabul qilingan qonun va ijro hujjatlari ijrosi hamda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani sessiya oldi ko‘rib chiqish maqsadida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlarida “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri bilan hamkorlikda tumanda Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

So‘ngra ushbu o‘rganish natijalarini dastlab O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi majlis yig‘ilishida ko‘rib chiqish hamda Kengashning “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasiga kiritish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 4