Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
36-maktabdagi qurilish ishlari o‘rganildi

#24_ta_masala

36-maktabdagi qurilish ishlari o‘rganildi

🏗Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati M.Qodirova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori ijrosi yuzasidan 36-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🫠O‘rganish davomida maktab hududida barpo etilayotgan zamonaviy sport zali va oshxona binolarining qurilish jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha talablariga muvofiqligi bilan yaqindan tanishildi.

🫠Shuningdek, mazkur obyektlarning o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

🫠Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur obyektlar foydalanishga topshirilgach, maktab o‘quvchilari uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube