Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari qanday vakolatlari

#96_ta_qonun

Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari qanday vakolatlarga ega?
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19-1-moddasiga ko‘ra, Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari:

😄o'z tashabbusi bilan yoki Kengashning topshirig'i bo'yicha Kengash qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;
😄faoliyat doirasida mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
😄xalq deputatlari Kengashi qarorlari loyihalarini oldindan ko'rib chiqadi va ularni Kengash sessiyasida ko'rib chiqish uchun tayyorlaydi;
😄xalq deputatlari Kengashi qarorlari loyihalari bo'yicha xulosalar beradi;
😄viloyat va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, shuningdek, tuman va shahar byudjeti loyihalari bo'yicha xulosalar va takliflar beradi;
😄xalq deputatlari Kengashining tavsiyasi bo'yicha byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishi va samarali ishlatilishini o'rganadi;
😄davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlarni o'z ichiga olgan ishchi guruhlarni tuzadi;
😄tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan axborot va ekspert xulosalarini, shuningdek, boshqa ma'lumotlarni so'raydi;
😄tegishli mintaqadagi davlat organlari tomonidan qonun hujjatlari va Xalq deputatlari Kengashi qarorlarining bajarilishi holatini hamda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini tekshiradi;
😄Xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini targ'ib qilish, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish choralarini amalga oshiradi.

🤔Doimiy komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

📖 Manba: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 19-1-modda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram