Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA HISOBOT AXBOROTINI TAQDIM ETDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugi hududida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026 yil 2-chorak deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot axborotini taqdim etdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida saylovchilar manfaatlarini ta'minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish, hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar hamda deputatlik nazorati doirasidagi faoliyat yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Jumladan, hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:⬇️

🔹 Deputat so‘rovi Chilonzor tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yuborildi. Mazkur so‘rov Qatortol 1-tor ko‘chasi, 37-uyda yashovchi fuqarolarning murojaati asosida yo‘llanib, tabiiy gaz ta'minotining uzilishi, elektr ta'minotidagi nosozliklar hamda issiq suv bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etildi.

🔹 Mahalladagi "Asrlar Sadosi" ko‘chasida yangi faoliyat boshlagan "Buyuk Ipak Yo‘li Trading" MChJga 9 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. Hozirgi kunda ular korxonada barqaror mehnat faoliyatini olib borib, doimiy daromad topib kelmoqda.

🔹 Kambag‘al oilalar reyestrida turuvchi fuqarolardan birining turmush o‘rtog‘iga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli shartlar asosida 10 million so‘m kredit mablag‘i ajratildi.

🔹 Deputatlik so‘rovi asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini bosqichma-bosqich yangilash ishlari boshlandi. Xususan, 57-sonli ko‘p qavatli uyning yaroqsiz holga kelgan eski shifer qoplamalari to‘liq demontaj qilinib, ularning o‘rniga zamonaviy, mustahkam va uzoq muddat xizmat qiluvchi profnastil tom qoplamasi o‘rnatildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kommunal va ijtimoiy sohalarda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqish hamda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 6