Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda kotibiyat xodimlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazilib, mahalliy Kengash faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kotibiyat ishini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini yuqori saviyada tashkil etish, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosi monitoringi hamda saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlarni muvofiqlashtirish holati batafsil tahlil qilindi.

📁 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, sessiyalar va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash, kun tartibini shakllantirish, qaror loyihalarini sifatli ishlab chiqish va rasmiylashtirish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔎 O‘rganish jarayonida deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni sifatli yuritish, O‘zbekiston Respublikasining 162 ta eng muhim qonuni ijrosi ustidan doimiy komissiyalar nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish, deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 Shuningdek, "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil ko‘rib chiqildi. Xususan, deputatlik so‘rovlari va murojaatlarining tizimda yuritilishi, qabul qilingan qarorlarni o‘z vaqtida elektron platformaga joylashtirish, sessiya materiallarini sifatli tayyorlash, hujjatlarni elektron shaklda yuritish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📍 O‘rganish yakunida Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyatida deputatlarni tashkiliy-uslubiy qo‘llab-quvvatlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlarni elektron shaklda yuritish hamda mahalliy Kengash faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Shu bilan birga, mavjud ish tajribalarini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4