Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
Nuroniylar bilan muloqot — e'tibor va ehtirom ifodasi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati A. Muxammadiev tomonidan Quyitosh mahallasida nuroniylar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Ushbu muloqot davomida keksalarning turmush sharoiti, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari, sogʻliqni saqlash va ma'naviy muhitni mustahkamlashga doir fikr-mulohazalari tinglandi.
Nuroniylar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ahamiyat bilan oʻrganilib, ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish, yosh avlod tarbiyasida keksalar ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuvda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, yolgʻiz keksalarni qoʻllab-quvvatlash va mahalla darajasida hamjihatlikni mustahkamlash boʻyicha amaliy takliflar ilgari surildi.
Deputat tomonidan bildirilgan har bir murojaat va taklif yuzasidan tegishli choralar koʻrish, mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi. Mazkur uchrashuv nuroniylarga boʻlgan e'tibor va ehtiromni yanada mustahkamlash, jamiyatda oʻzaro hurmat va hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4