O‘rganish davomida tikuvchilik sexida yaratilgan mehnat sharoitlari, xotin-qizlarning doimiy ish bilan ta’minlanganlik holati, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
📋 Shuningdek, xotin-qizlarni bandlikka jalb etish, ularning daromad manbalarini kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Sex rahbariyati hamda ishchi-xodimlar bilan muloqot davomida mavjud muammolar, ehtiyojlar va takliflar muhokama etildi.