Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
DOIMIY_KOMISSIYA_YIGILISHI

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

Yig'ilishda, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli mas’ullar hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar:👇

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida tuman elektr ta’minoti bo‘limi rahbarining hisoboti to‘g‘risida.

Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati mahallalar kesimida Sardoba tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori hisoboti to‘g‘risida.

Tuman mahalliy budjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman mahalliy budjeti hisobidan shakllangan Sardoba tuman hokimligining “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

Yig‘ilish davomida har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3