Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Баротхўжа” маҳалласи тўлиқ хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
Маҳалла инфратузилмасини яхшилаш ва хавфсизликни таъминлаш депутат эътиборида
янв.21
Мирободда Кураш мусобақаси: Кенгаш қарори амалда ўз аксини топмоқда!
янв.21
Халқ депутатлари Миробод туман Кенгаши депутати Б.Рахимов «Тонг юлдузи» маҳалласида ўрганиш олиб борди
янв.21
“Семинарда махалла раисларига махаллий Кенгаш ва депутат фаолияти тўғрисида тушунча берилди.”
янв.21
Хафталик иш режаси доирасида депутат  А.Авлоний махалласида ўрганиш тадбирини олиб борди
янв.21
Мирободда “Ёшлар куни”: Депутат талабалар билан учрашди
янв.21
Депутат назорати: "А.Фитрат" маҳалласидаги ўрганишлар ва ёшлар билан учрашув
янв.21
Миробод тумани маҳаллаларида ижтимоий профилактика ва ёшлар бандлиги масалалари ўрганилди
Deputat axboroti

Ushbu axborot uchrashuvi Shayxontohur tumanidagi “Katta Oqtepa” mahalla fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtdi. Unda tuman deputati, mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari va fuqarolar ishtirok etishdi.

Deputat xalq vakillari ishtirokidagi axborot yigʻilishida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda va fuqarolar bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan qarorlar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil axborot beri.

Xususan, 4 marotaba fuqarolar qabullari tashkil etilganligi, 1 marotaba nazorat tadbirlarida ishtirok etganligi, 2 marotaba doimiy komissiya va 6 marotaba sessiya ishlarida ishtirok etib, “Yashil makon” dasturi loyihasini amalga oshirishda takliflari bilan ishtirok etganligi haqida aytib oʻtdi.

Bundan tashqari, yigʻilish davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar — yoʻllar holati, kommunal xizmatlar, ish bilan taʼminlash va yoshlar masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar oʻz taklif va murojaatlari bilan faol ishtirok etdishdi.

Deputat K.Xursanov tomonidan barcha murojaatlar qayd etildi va ularni hal etish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida deputat K.Xursanov tomonidan aholi vakillari bilan bunday ochiq muloqotlar hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlab oʻtildi. 

Slide 1 of 3