Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Баротхўжа” маҳалласи тўлиқ хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
Маҳалла инфратузилмасини яхшилаш ва хавфсизликни таъминлаш депутат эътиборида
янв.21
Мирободда Кураш мусобақаси: Кенгаш қарори амалда ўз аксини топмоқда!
янв.21
Халқ депутатлари Миробод туман Кенгаши депутати Б.Рахимов «Тонг юлдузи» маҳалласида ўрганиш олиб борди
янв.21
“Семинарда махалла раисларига махаллий Кенгаш ва депутат фаолияти тўғрисида тушунча берилди.”
янв.21
Хафталик иш режаси доирасида депутат  А.Авлоний махалласида ўрганиш тадбирини олиб борди
янв.21
Мирободда “Ёшлар куни”: Депутат талабалар билан учрашди
янв.21
Депутат назорати: "А.Фитрат" маҳалласидаги ўрганишлар ва ёшлар билан учрашув
янв.21
Миробод тумани маҳаллаларида ижтимоий профилактика ва ёшлар бандлиги масалалари ўрганилди
Deputat axboroti

Ushbu uchrashuv Shayxontohur tumanidagi “Eshonguzar” mahalla fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtdi. Unda tuman deputati, mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari va fuqarolar ishtirok etdi.

Deputat U.Sobirov tomonidan Qonunchilik, Saylovchilar bilan ishlash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vaziflar haqida axborot berdi.

Xususan, u oʻtgan davr mobaynida aholi bilan 3 marotaba ochiq muloqotlar, 4 ta fuqarolar qabullari tashkil etilib, fuqarolar murojaatlariga asosan masʼul tashkilotlarga 2 ta deputatlik soʻrovlari yuborilganligini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta yoʻnalishlari mahallalarda obodonlashtirish ishlari, yoshlar bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha mahalla masʼul xodimlari faoliyati muhokama qilndi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrish, ayrim masalalar ijrosi nazoratga olinishi belgilab oʻtildi. 

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan aholi roziligi — ishonch va hamkorlik mevasi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Slide 1 of 3