Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мирободда Кураш мусобақаси: Кенгаш қарори амалда ўз аксини топмоқда!
янв.21
Маҳалла инфратузилмасини яхшилаш ва хавфсизликни таъминлаш депутат эътиборида
янв.21
Халқ депутатлари Миробод туман Кенгаши депутати Б.Рахимов «Тонг юлдузи» маҳалласида ўрганиш олиб борди
янв.21
“Семинарда махалла раисларига махаллий Кенгаш ва депутат фаолияти тўғрисида тушунча берилди.”
янв.21
Хафталик иш режаси доирасида депутат  А.Авлоний махалласида ўрганиш тадбирини олиб борди
янв.21
Мирободда “Ёшлар куни”: Депутат талабалар билан учрашди
янв.21
Депутат назорати: "А.Фитрат" маҳалласидаги ўрганишлар ва ёшлар билан учрашув
янв.21
Миробод тумани маҳаллаларида ижтимоий профилактика ва ёшлар бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
"Ёшлар куни" доирасида туман маҳаллаларда депутатлар ташаббус кзрсатдилар
янв.21
“Хафталик иш режаси доирасида депутат Миробод тумани 1-сонли Оилавий поликлиникада ўрганиш тадбири бўлиб ўтди.
NAVOIY SHAHRIDA FXDYO ORGANLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

NAVOIY SHAHRIDA FXDYO ORGANLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna xizmat safari bilan Toshkent shahrida bo‘lganligi munosabati bilan, belgilangan haftalik ish rejasiga asosan Navoiy shahar FXDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan olib borildi.

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil davomida tug‘ilishlar soni 4840 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yilning bugungi kun holatiga 1526 nafar tug‘ilish qayd etilgan. Nikohlar soni 2025 yilda 1911 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning hozirgi davriga kelib 318 ta nikoh ro‘yxatga olingan.

Ajrimlar statistikasi tahliliga ko‘ra, 2025 yilda 345 ta ajrim qayd etilgan bo‘lsa, 2026 yilning bugungi kun holatiga 117 ta ajrim rasmiylashtirilgan. Shu bilan birga, o‘lim holatlari 2025 yilda 840 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yil davomida hozirga qadar 264 ta holat qayd etilgan.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, Navoiy shahar Davlat xizmatlari markazi hamda FXDYO organlarida aholiga xizmat ko‘rsatish tizimi izchil takomillashib bormoqda. Fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmatlar tezligi va shaffofligini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy nazorat o‘rnatish muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 5