Unda Kengash va uning doimiy komissiyalari tomonidan 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari ijrosi tahlil qilinib, aprel oyi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida muhokama etiladigan masalalarni avvalo doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida puxta va sifatli ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, 2026-yilning birinchi choragi davomida deputatlar tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlarining tahlili, ularning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi holati ko‘rib chiqilib, ijro intizomini yanada mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kotibiyat mudiri tomonidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.