Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Elmurod Amirov “Al Farobiy” mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda kommunal xizmat va boshqaruv kompaniyasi mutasaddilari va “Madad” NNT vakili ham ishtirok etdi.
Fuqarolar tomonidan kommunal yo‘nalishi, hududni obodonlashtirish hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar qilindi.
Deputat E.Amirov tomonidan bildirilgan murojaatlarni mutasaddi tashkilot hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan o‘zaro hamkorlikda belgilangan qonun doirasida hal etish choralari ko‘rib chiqilib, nuroniylar bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi.