35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Deputatlik nazorati davom etmoqda

 Deputatlik nazorati davom etmoqda 

Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisining topshirig‘iga
asosan tuzilgan
ishchi guruh a’zolari tomonidan мaktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim dargohlari faoliyatini
o‘rganish ishlari boshlandi. Ular bugun tumandagi 25-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdilar.
 

O‘rganish davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 25-umumta’lim maktabining ichki obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari ko‘rildi.  

Maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlarining holati, ta’lim muassasasi faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va ota- onalar hamda jamoatchilik oldidagi xisobdorlik bo‘yicha qilingan ishlari o‘rganildi.   

Jumladan: 25-umumta’lim maktabda 72 nafar pedagoglar hamda
20 nafar texnik xodimlar faoliyat
yuritadi. Xodimlarning 70 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi. Shundan 62 nafari oliy ma’lumotli,
7 nafari tugallanmagan oliy, 3 nafari o‘rta-maxsus ma’lumotga ega. Maktabdagi o‘qituvchilarning 7 nafari oliy toifali, 14 nafari 1-toifali, 24 nafari ikkinchi toifali, 17 nafari mutaxassis.
 

Maktabda 872 nafar o`quvchilar ta’lim oladi. Maktabning ichki tartib qoidalari ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quvchi va o‘qituvchilar maktab formasida, darslar tasdiqlangan jadval asosida olib borilayapti.  

Maktabda 3 nafar indivudial tarzda o‘qitiladigan va 1 nafar inklyuziv
(Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun) tarzda ta’lim oladigan o‘quvchilar mavjud. Ushbu o‘quvchilarga tasdiqlangan dars jadvali asosida darslar o‘tilyapti. O‘quvchilarning hujjatlari doimiy tarzda yuritilib kelinmoqda.
 

2023-2024 o‘quv yilida maktabni 38 nafar o‘quvchilar 11-sinfni tamomlaydi. Pragnozlarga ko‘ra har bir o‘quvchining oliy ta’lim muassassiga o‘qishga kirish ma’lumotlari belgilangan.  

O‘rganish davomida maktab direktoriga ishchi guruh a’zolari
tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
 

  

   

Slide 1 of 6