35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Deputatlar tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berildi

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda mahalliy Kengash deputatlarining saylovchilarga deputatlik faoliyati to‘g‘risida axborot berib borishi belgilangan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan ham mazkur qonun ijrosini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur qarorlar ijrosini amalga oshirish maqsadida tuman Kengashi deputatlari o‘z okruglarida belgilangan reja-grafik asosida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot bermoqdalar.

Xususan bugun “2-Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputat Kazakbayev Lochin tomonidan “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqarolar bilan binosida, “18-Toshxovuz” saylov okrugidan saylangan deputat Norboyeva Soxiba tomonidan “Mirzo Ulug'bek” mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda deputatning saylovoldi dasturi ijrosi yuzasidan qilingan ishlar; mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborilgan deputat so‘rovlari, murojaatlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar, mahalliy Kengash sessiyasida hududiy davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitish va eshituv yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar haqidagi ma’lumotlar, hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, deputatning aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan qilingan ishlari haqidagi ma’lumotlar, o‘z saylov okrugidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, maishiy va boshqa muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalar, navbatdagi axborot berish davrigacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida shuningdek, Yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi Qabul qilinayotgan qonun to‘g‘risida hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan faoliyat to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Uchrasuv yakunlarida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, tegishli tushuntirishlar berildi, murojaatlarni ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi.

 

Slide 1 of 6