35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Deputatlarning saylovchilar bilan kechayotgan uchrashuvlari

Deputatlarning saylovchilar bilan kechayotgan uchrashuvlari  

Kattaqo‘rg‘on tumanida joriy yilning 18-20 aprel kunlari mahallalarida bo‘lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sherzod To‘xtashev va Bekmirza Eshmirzayev joylarda fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ochiq muloqotga kirishdilar. Davra suhbatlarida aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamdaularda qurilgan bino va inshoatlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish borasida yuzaga kelayotgan ayrim muammoli masalalalar ko‘tarilib, yaqinda Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Yoqilg‘i energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaror yuzasidan sharhlar so‘raldi.

 Shu bois Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” qonun loyihasi tayyorlanib, ma’qullangani takidlab o‘tildi. Shuningdek, muloqotlar jarayonida joriy yilning 16-aprelida qabul qilingan hukumatning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining bugungi kundagi ahamiyati va mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Qayd etilganidek qarorga ko‘ra, 2024 yilning 1 mayidan aholi uchun elektr energiyasining kVt.soati 295 so‘mdan 450 so‘mga, gazning kubi 380 so‘mdan 650 so‘mgacha oshirilmoqda, ijtimoiy norma elektr energiyasi uchun 200 kvt.soatni, gaz uchun yozgi mavsumda 100 kub, qishki mavsumda 500 kub miqdorida belgilanmoqda. Yurtimizda ham ko‘pgina rivojlangan davlatlarda qo‘llanilib kelinayotgan bu muhim amaliyotning joriy etilishi, xalqimizning iste’mol madaniyatini oshirib, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish imkonini berishi deputatlar tomonidan mamnuniyat bilan takidlandi. Muhimi qarorda ayrim toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya ham joriy etilishi belgilanganiga alohida e’tibor qaratildi. Bunday yondoshuv “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordamoluvchi oilalar hamda Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo‘shimcha ehtiyojmand oilalarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi. Oliy Majlis Qonunchilik deputatlari tomonidan 37 ta uchrashuvlar oʻtkazilib, ushbu uchrashuv va davra suxbatlaridan 900 dan ortiq aholi ishtirok etdi. 

 

Slide 1 of 5