35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
81-sessiya

Joriy yilning 26-mart kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi 81-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Davron Teshabayev raislik qildi va olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar:

- Chinoz tumanini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi KQ-687–IV sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi tomonidan tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Yigitali Ruzaliyev, Nigora Muxamadiyeva, Sherzod Botirov, Asqar Baxramov, Murod Isroilovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1