Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BAYROG‘IMIZ – G‘URURIMIZ, FAXRIMIZ
янв.21
MIROBOD TUMANIDA DEPUTAT O‘Z OKRUG MAHALLASIDA “SAYYOR QABUL” DA ISHTIROK ETDI
янв.21
MIROBOD TUMANIDA “JASORAT MAKTABI”NING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MIROBOD TUMANIDA MEHNAT MIGRATSIYASIDAGI XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI SEVARA FAYZIYEVA MIROBOD TUMAN AHOLISINING MUROJAATLARINI TINGLADI
янв.21
YANGILANAYOTGAN MIROBOD DEHQON BOZORI
янв.21
“FURQAT” MAHALLASIDA DEPUTAT AHOLI BILAN HOKIMLIK VAKILLARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI MIROBOD TUMANDAGI YIRIK ISHLAB CHIQARISH KORXONASIDA FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT RUZIYEVA MAADINA TAHIROVNA O‘Z OKRUGIDA JOYLASHGAN IJTIMOIY OBYEKTLARDA QISHKI TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT X.KAYUMOV TOMONIDAN MAHALLA FAOLIYATI O'RGANILDI
BAYROG‘IMIZ – G‘URURIMIZ, FAXRIMIZ

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 29 yil to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalamoqda.

Bayroqdagi moviy rang – uning ostida barcha millatlar turli xil xavf-xatarlardan xoli, emin-erkin holda ahil-inoq yashab kelayotgan musaffo osmonimiz hamda obi hayot ramzidir. Bayroqdagi oq rang – davlatimiz fuqarolarining o‘zaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida tinch-totuv yashayotganining timsoli. Yashil rang esa tabiatning yangilanishi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligini anglatadi. Bu rang ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil chiziqlar davlatimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida o‘zaro hamjihatlik bilan hormay-tolmay mehnat qilayotgan yurt farzandlarining vujudida oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir. Navqiron yarim oy va yulduzlar - tarixiy qadriyatlarimiz, umrboqiy an’analarimiz, ma’naviy kuch-qudratimiz bilan bog‘liq. Hilol qo‘lga kiritilgan mustaqillik, ozodlikni ifodalaydi.

Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Yurt bayrog‘ini yov qo‘liga topshirishni istamagan buyuk vatandoshimiz, yirik tasavvuf olimi, xalq qahramoni va otashnafas shoir Najmiddin Kubro uni qo‘lida mahkam tutgancha jon bergan edi. Dushman harchand urinmasin, uning qo‘lidan bayroqni tortib ololmay, oxiri panjalari bilan kesib oladi. Tug‘ini jonidan ortiq asragan To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi o‘nlab sarkardalar hayoti ham bugun avlodlarimizga katta ibrat. Aslida Vatan bayrog‘ini ko‘zga surtish, uni to‘tiyo qilish Vatanni sevish, uning uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lish deganidir.

Slide 1 of 1