35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi 94-sessiyasi o'tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi 94-sessiyasi o'tkazildi.

Sessiya kun tartibida

1. Tuproqqalʼa tumani 1-sektordagi moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan oilani “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.

2. Tuproqqalʼa tumanida 5-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatini va xotin-qizlarning muammolarini hal etish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709-son qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan davlat zaxirasida turgan yer uchastkalarini elektron tanlovga chiqarish to‘g‘risida.

4. Tuproqqalʼa tumani hududida “Hokimlik bog‘i” ni tashkil etish to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining 2023 yil 18 apreldagi “Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining 2023 yil 3 apreldagi “Tuproqqalʼa tumanidagi nochor sharoitdagi oilalarning uy-joylarini taʼmirlash ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish to‘g‘risida”gi VI-74-46-12-218-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi VI-76-62-12-218-K/23-sonli qarori to‘g‘risida.

6. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili va hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tuman Xalq qabulxonasi mudirining 2024 yil yanvar oyi yakuni bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.

7. Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar ko'rildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 3