Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MIROBOD TUMANIDA QISH MAVSUMIDA AHOLINI ARZON VA SIFATLI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YAQINLASHIB KELAYOTGAN YANGI 2026-YIL MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHI RAISI SAYLANDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 18-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
AMERIKADAGI NUFUZLI TANLOVDA MIROBODNING 5 NAFAR IQTIDORLI YOSHI YUQORI NATIJA QAYD ETDI
янв.21
MAHALLASIDA SODIR ETILGAN JINOYAT YUZASIDAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI
янв.21
Mirobod tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Bugun milliy istiqlolimiz ramzi, hurlik qoʻshigʻi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 33-yilligidir
янв.21
Barchangizni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
O'zbekiston Ekologik partiya 5 yoshda!

 Bugun butun dunyoda ro‘y berayotgan ekologik hodisalar, turli ko‘rinishdagi ekologik muammolar
insoniyatni tabiat bilan hisoblashishga, unga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lishga undamoqda. 

Ekologiyaga oid global muammolardan O‘zbekiston ham chetda emas.  

Ekologik muammolar kundan-kunga jiddiy tus olayotgani ushbu yo‘nalishdagi
sa’y-harakatlarni birlashtirish va yanada jadallashtirishni taqozo etadi. Ayni
shu maqsadda bundan 5 yil muqaddam O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkil
etildi. Mamlakatimiz siyosiy maydonida yangi siyosiy kuch sifatida paydo
bo‘lgan mazkur partiya ona tabiatni muhofaza qilish, aholining ekologik
madaniyatini oshirish, kelajak avlodga yaxshi tabiiy sharoit qoldirish yo‘lida
keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 

 

O‘tgan qisqa davrda partiya mamlakatimiz siyosiy maydonida o‘z o‘rniga
ega bo‘lib, muhim siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etdi. Yurtimizdagi
ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish, yashil
iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish orqali kelajak avlodga yaxshi tabiiy
muhit qoldirish maqsadida o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surmoqda, qator
loyihalarni amalga oshirmoqda. 

620 mingdan ortiq partiya a’zolari mamlakatimizdagi ekologik holatni
to‘g‘ri anglagan holda O‘zbekiston Ekologik partiyasining g‘oya va maqsadlarini
qo‘llab-quvvatlayotgani e’tiborga molik. 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi kelgusi faoliyati davomida ham o‘z safini
kengaytirgan holda ekologik barqarorlikka erishish borasidagi
sa’y-harakatlarini, hayotiy loyihalarini izchillik bilan amalga oshirishidan,
yurtdoshlarimizning ekomadaniyatini yuksaltirishidan umidvormiz. 

Xurmatli O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya
qo‘mitasi raisi Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich xamda ushbu partiya jamoasi,
Do‘stlik tuman Ekologik partiasi Kengashi raisi Raxmanov Azimjon Tursunovich
Sizlarni Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi, tuman hokimligi va faollari
nomidan 5 yillik fidokorona faoliyatlaring bilan muborakbod e'tamiz. 

Slide 1 of 1