Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
янв.21
"Қўйлиқ ота" МФЙ фаолияти ўрганилди: Аҳоли муаммолари депутатлар назоратида
Ijtimoiy soha ob’yektlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganilmoqda

 Ijtimoiy
soha ob’yektlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganilmoqda
 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari
O.Dadajonova, R.Karimov, Z.Axmedova, A.Eminov, F.Mirzayevlar hududdagi ijtimoiy
soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha
ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sherikchilik asosida
modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tuman
Kengashining 72-sessiyasi qarori bilan tasdiqlangan 72-65-11-163-K/23-sonli
qarorining ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tumandagi maktabgacha ta’lim
muassasalari, umumta’lim maktablari va tibbiyot muassasalarida o‘rganish
o‘tkazmoqdalar.
 

O‘rganishlar
davomida 6-sonli MTM, 1 va 26-sonli umumta’lim maktabi va 65-sonli oilaviy
poliklinikada bo‘lib;
 

Xonqiz MFY 65 Oilaviy poliklinikada isitish
tizimi Kuz-qish mavsumiga tayyor emasligi, taьmirlash ishlari olib borilishida suskashlikka yo‘l
qo‘yilganligi;
 

Shoximardon MFYdagi 1-maktab va 6-sonli MTM
kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha kamchiliklari bartaraf etilganligi,
ko‘mir maxsuloti o‘ta yaroqsiz bo‘lganligi sababli, mas’ullar bilan muammoni
hal qilib, yangi boshqa ko‘mir maxsuloti oldirib kelishga erishildi;
 

Yuqori Archa MFY hududidagi 26-sonli maktab
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganilib, xomiylik asosida quruq o‘tin
yetkazib berildi.
Mas’ullardan loqaydlikka
yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz
 

Slide 1 of 1