35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
QONUN LOYIHASI YUZASIDAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo`mitasi raisi Jahongir Shirinov ishtirok etib mavzu yuzasidan ma`ruza qildi. Mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Proporsional saylov tizimi asosida deputatlik o‘rinlarini partiyalar o‘rtasida taqsimlashning aniq tartibi o‘rnatilmoqda! Bunda, proporsional saylov tizimida 7 foizlik chegaradan o‘tgan partiyalarga yoqlab berilgan umumiy ovozlar soni 75 ta deputatlik o‘rniga bo‘linadi va undan chiqqan raqam saylov koeffitsienti hisoblanadi. So‘ngra har bir partiyaga yoqlab berilgan ovozlar soni mana shu saylov koeffitsientiga bo‘linadi. Undan chiqqan son esa har bir partiyaga beriladigan deputatlik o‘rniga teng bo‘ladi.

Amaldagi qonunchilikda saylovda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan hisoblanadi, ya’ni mutlaq ko‘pchilik ovoz talab etiladi. Ushbu talab Prezident saylovlariga nisbatan to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lib, bundan maqsad saylov huquqiga ega bo‘lgan mamlakat aholisining mutlaq ko‘pchiligi tanlagan shaxsgina Prezident lavozimiga munosib ko‘riladi. Bunday amaliyot aksariyat xorijiy mamlakatlarda ham mavjud. Shu bilan birga, bir nechta saylov okruglaridan saylanadigan deputatlikka nomzodlarga nisbatan bu kabi qoidani qayta ko‘rib chiqish zarurati mavjud. Chunonchi, boshqalarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylanmas ekan, o‘sha hududdagi nisbatan ko‘pchilikning fikri va xohish istagi amalga oshmay qoladi.

Shu sababli, bir mandatli saylov okruglarida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanishi belgilanmoqda. Ya’ni, mutlaq ko‘pchilik emas, balki nisbiy ko‘pchilik ovozi bilan deputatlar saylanishi nazarda tutilmoqda. 

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan to‘liq tushuntirishlar berib o‘tildi.


 

Slide 1 of 10