Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#deputat nazorati

#ta'lim_nazorati
#kuzqish

DEPUTAT NAZORATI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLIGI OʻRGANILMOQDA

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari tomonidan oʻz saylov okruglari hududida joylashgan ta’lim muassasalarining 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda umumiy sanitar-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan izchil nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Keng koʻlamli oʻrganishlar doirasida shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat bosh mutaxassisi va mahalla raisi tomonidan To'y-tepa MFY mahallasi hududida joylashgan 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Isitish tizimining shayligi va bino issiqlik saqlash imkoniyatlari;
🧹 Obodonlashtirish va tozalik: Muassasa binosining tashqi koʻrinishi, hududdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari hamda sanitar holat;
🍎 Shart-sharoitlar va ta’minot: Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, guruh xonalari va oshxona holati;
📚 Pedagogik salohiyat: Mashgʻulotlarning sifat darajasi va pedagog xodimlarning bilim saviyasi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, 26-sonli MTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va umumiy xoʻjalik ishlari yaxshi darajada tashkil etilgani aniqlandi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kichik kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Slide 1 of 2