Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Kengash_faoliyati

“Muammongiz nima?” emas, “Qanday yechim topamiz?”

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati, tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan tumandagi Prezident qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida tumanning turli mahallalaridan kelgan fuqarolar elektr ta’minotini yaxshilash, oqova suv tarmoqlarini tartibga keltirish, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish, ishga joylashish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Jami 22 ta murojaat qabul qilindi. Shundan 8 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa tegishli mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Zero, har bir murojaat ortida bir insonning taqdiri, bir oilaning manfaatlari va xalqning ishonchi turibdi.

Shu bois fuqarolarni tinglash, muammolariga yechim topish va amaliy yordam ko‘rsatish — inson qadri ulug‘langan Yangi O‘zbekistonning muhim mezonlaridan biridir.

Xalq bilan ochiq muloqot — ishonchni mustahkamlaydi, amaliy yechim esa hayotni yaxshilaydi!

Slide 1 of 5