Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
“Qorasuv” mahallasida saylovchilarga deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi

#saylovchilar_bilan_uchrashuv
#deputat_okrugida
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_axboroti

“Qorasuv” mahallasida saylovchilarga deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-Qorasuv saylov okrugidan saylangan deputat D.Xoliqova o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi “Qorasuv” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Y.Umbarov ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida saylovchilar tomonidan hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Jumladan, oqova suv, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, suyultirilgan gaz yetkazib berish, maishiy chiqindilarni olib chiqish, ichimlik suvi hamda boshqa masalalar bo‘yicha 15 dan ziyod murojaat kelib tushdi.

Bildirilgan murojaatlar deputat va mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda murojaatlar daftariga qayd etildi. Ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, shuningdek, zarur masalalarni doimiy komissiyalar yig‘ilishlari va Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritib, muhokama qilish rejalashtirildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar murojaatlari ijrosini nazoratga olish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3