Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

♻️ Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2026-yil 22-iyuldagi VII-39-137-9-0-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan Shirin shahrida amaliy o‘rganish o‘tkazildi.

Mazkur qarorga muvofiq, Shirin shahrida IT markazi qurilishi bilan bog‘liq xarajatlarga 2 mlrd so‘m mablag‘ viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DMga ajratilgan.
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Turdimuhammadov shaxsiy ish rejasiga muvofiq Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi U.Haydarov bilan birgalikda mazkur qaror ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish davomida IT markazini Shirin shahridagi 1-sonli maktab hududida, mavjud sport maydoni o‘rnida barpo etish rejalashtirilgani va ayni paytda obyekt bo‘yicha loyihalash ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, 2025-yilda “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida 200 mln so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan futbol maydonini maktab hududining boshqa qismiga ko‘chirish rejalashtirilgani qayd etildi.
Mazkur holat yuzasidan asosiy e’tibor ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, loyiha ishlarining sifatli tashkil etilishi hamda avval amalga oshirilgan “Tashabbusli budjet” loyihasining manfaatdorligini saqlab qolish masalalariga qaratildi.

Deputatlik nazorati — qaror qabul qilish bilangina cheklanmaydi. Uning amaldagi ijrosi ham joyiga chiqib, natijasi bilan o‘rganiladi.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3