Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Kambag‘allikni qisqartirish komissiyasi tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Kambag‘allikni qisqartirish komissiyasi tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosini ta’minlash bugun har bir bo‘g‘indagi rahbarlardan yuksak mas’uliyat talab etmoqda.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva rahbarligida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan Senat Kengashining sayyor majlisida aynan “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalari” qizg‘in muhokama qilingan edi.

Ushbu yig‘ilishda ko‘tarilgan tizimli muammolarga tumanda amaliy va ijobiy yechim topish maqsadida, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bolimida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Uchrashuvda tuman Kengashining kotibiyat mudiri, Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiya rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar belgilangan holda "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqish va topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish vazifasi yuklatildi.