Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim M.Sharidinova faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, yolg‘iz yashovchi fuqarolar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati tahlil qilindi.

Deputat ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, murojaatlarni qabul qilish va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmi bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, har bir ehtiyojmand fuqaro bilan manzilli ishlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2