Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi qarori ijrosi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugi deputati Jamolbek Babajanov, kotibiyat mudiri Izzat Masharipov hamda 4-Oltin-qal’a saylov okrugi deputati Xursand Ismailov tomonidan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qarori ijrosi joyida o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumandagi "og‘ir" toifaga kiritilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan, Tuproqqal’a mahallasi ichki yo‘llariga yangi asfalt qoplamasi yotqizilishi ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur nazorat tadbiri viloyat Kengashi qarorining amaliy ijrosini ta’minlash, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini baholash maqsadida olib borilmoqda.
Eng muhimi, amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy ishlar natijasida mahalladagi ko‘p yillik muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilmoqda. Yangi asfalt yo‘llar aholining kundalik turmushini yengillashtirib, fuqarolarning kayfiyati va islohotlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.
Deputatlar tomonidan qarorlar ijrosi ustidan nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5