Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#qonun nazorati #o'rganish

Olmaliq shahrida aholining tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O'RQ-681-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar qat’iy nazoratga olingan.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov o‘z saylov hududidagi mahallalarda "Zarbuloq" hamda "Chambil" mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o'rganish olib bordi.

Deputat va mahalla hokim yordamchisi bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, O'RQ-681-sonli Qonunning 8-moddasida belgilangan tomorqa yer egalarining huquq va majburiyatlari qay darajada bajarilayotganini ko‘rib chiqdilar.

Asosiy e’tibor:
✅Yerdan maqsadli foydalanish: Ekin yerlarining bo‘sh turmasligi va mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan band qilinishi;
✅Tadbirkorlikka yo‘naltirish: Tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni sotish orqali oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅Agrotexnik tadbirlar: Ekinlarning holati va samarali sug‘orish tizimi.

Natija va tavsiyalar
O‘rganish yakunida mahalla hokim yordamchisi va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazildi. Qonunda belgilanganidek, tomorqadan unumli foydalanish nafaqat oila ehtiyoji, balki bozorlardagi narx-navo barqarorligiga ham xizmat qilishi tushuntirildi.

Deputat tomonidan aholiga subsidiya va imtiyozli kreditlar olish tartiblari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berilib, aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar yuklatildi.

Slide 1 of 3