Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#nazorat #o'rganish

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qarori ijrosini ta’minlash, farzandlarimiz uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida shahar Kengashi vakillari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

📍Eslatib o‘tamiz, mazkur bog‘chada qurilish ishlari boshlangan ilk pallada — 2025-yilning avgust oyida hudud deputati Sayfiddin Subanov tomonidan o‘rganishlar olib borilgan edi. Oradan o‘tgan vaqt davomida tashkilot tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, barcha qulayliklarga ega zamonaviy maskanga aylandi.

✅Tashkilotning qurilish-ta’mirlash jarayonlarini o'rganishda Shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova, 13-okrug deputati Baxodir Miralimov hamda biriktirilgan bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva ishtirok etishdi:

✅Mazkur MTT 2025-yil dasturiga muvofiq to‘liq rekonstruksiya qilinishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda

🔹Bolajonlar uchun xonalarning ta’mirlanish darajasi, shinamligi va yorug‘ligi;
🔹Qishki mavsumda binoda harorat barqarorligini ta’minlovchi zamonaviy tizim holati;
🔹Ochiq havodagi o‘yin maydonchalarining xavfsizligi va zamonaviy talablarga mosligi;
🔹Bog‘chaning moddiy-texnik bazasi, yangi mebellar va texnik vositalar bilan ta’minlanganligi.

✅Natija:
Tashkilot mudirasi bilan o‘tkazilgan muloqot davomida bino va inshootlarning sifat darajasi yuqori ekanligi, yakuniy pardozlash ishlari olib borilayotgani e’tirof etildi. Tez orada ushbu bog‘cha mahalla bolajonlari uchun o‘z eshiklarini qayta ochadi.

Slide 1 of 7