Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman “Inson” markazi rahbarining hisoboti kiritilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi, ajratilgan mablag‘larning samaradorligi va amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish yuzasidan tuman “Inson” markazi rahbarining hisoboti kiritilmoqda.

Mazkur masalani sessiyada atroflicha muhokama qilish hamda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning shaffofligi va samaradorligini baholash maqsadida deputatlarga o‘z saylov okruglarida o‘rganishlar olib borish tavsiya etildi. Xususan, jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar, ijtimoiy yordam va ko‘mak tadbirlarining manzilliligi, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilgan yordamlarning holati hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan joylarda tahliliy o‘rganishlar tashkil etilishi belgilandi.

Shuningdek, deputatlarga fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish tavsiya qilindi.