Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining hisoboti kiritilmoqda

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha daromad manbalari va rezervlarni aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda tushgan mablag‘lar, shuningdek, mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti kiritilmoqda.

Mazkur masalani sessiyada har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqish maqsadida deputatlarga o‘z saylov okruglarida o‘rganishlar olib borish tavsiya etildi. Jumladan, hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, tashkilotlar hamda mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, mavjud muammolar va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash yuzasidan tahliliy ishlar tashkil etilishi belgilandi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida hamda to‘liq undirilishi, soliq qarzdorligini qisqartirish, qo‘shimcha daromad manbalarini safarbar etish hamda byudjet tushumlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi tavsiya qilindi.