Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Murg‘ak” mahallasi hududida joylashgan 3-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Tahlillar davomida bog‘chada ayrim kamchiliklar mavjudligi, xususan, bolalarning jismoniy tarbiya va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun mo‘ljallangan sport maydonchasi hamda verandaning mavjud emasligi aniqlandi.
✔️Shuningdek, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
✔️Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni bartaraf etish, bolalar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 4