Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Urganjibog mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi!

Xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida shahar Kengashi deputati M.Azimovning saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi. Unda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov ishtirok etdi.

Mahallalarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan manzilli ishlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda, Urganjibog mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish jarayoni, mahallabay o‘rganishlar natijasi hamda ijtimoiy daftarlar («Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari») bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratildi:

Hududdagi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning manzilliligi; Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning ijro etilish muddatlari va sifati; Ijtimoiy xodimning mahalla faollari bilan hamkorlikdagi ishlash tizimi samaradorligi.

Jarayon yakunida aniqlangan tizimli masalalarni hal etish hamda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3