Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat mahallada Inson qadri uchun: Deputat ko‘magi va ijtimoiy himoya

  Inson qadri uchun: Deputat ko‘magi va ijtimoiy himoya 

Xalq vakillarining asosiy vazifasi — har bir
fuqaroning dardi bilan yashash va ularning muammolariga amaliy yechim
topishdir.
 

15-Fayzobod saylov okrugi deputati (XDP deputatlik
guruhi a’zosi) D.Komilova tomonidan "Fayzobod" MFY hududida
o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida navbatdagi ijtimoiy masala aniqlandi.
 

 Murojaat va
mavjud holat
 

Deputat "Mustaqillik" ko‘chasi, 49-uyda
istiqomat qiluvchi fuqaro Kulibayeva Zaynabning xonadonida bo‘ldi. O‘rganish
jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
 

Fuqaro
Z.Kulibayeva 6 yildan buyon ruhiy xastalikdan aziyat chekmoqda;
 

Hozirda
uning parvarishi bilan turmush o‘rtog‘i shug‘ullanmoqda;
 

Biroq,
uzoq yillik xastalikka qaramay, fuqaroga hanuzgacha nogironlik guruhi
tayinlanmagan.
 

 Amaliy ko‘mak
va yechim
 

Turmush o‘rtog‘ining parvarishdagi qiyinchiliklari va
oilaning ijtimoiy holatini inobatga olgan holda, deputat D.Komilovadan ushbu
fuqaroga nogironlik guruhini tayinlashda amaliy yordam so‘raldi.
 

Deputat mazkur murojaatni nazoratga oldi. Fuqaroning
tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga (TMEK) yo‘naltirish bo‘yicha tuman tibbiyot
birlashmasi mutasaddilariga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.
 

Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/