Yangiliklar

"Ishbilarmon ayol-2024" ko‘rik-tanlovning saralash bosqichlari tumanlarda qizg‘in davom etmoqda.

Ayni kunlarda "Ishbilarmon ayol-2024" ko‘rik-tanlovning saralash bosqichlari tumanlarda qizg‘in davom etmoqda. 

Ishchi guruh a’zolari partiyadan saylangan deputatlar Sh.Saidova va A.Kenjaevlar tomonidan tumanning "Shanba" mahallasida o‘z-o‘zini band qilgan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Erka Sattorova faoliyati yaqindan o‘rganildi.

Asosan ayollar kiyimlari va erkaklar kostum va shimlarini tikishga ixtisoslashgan ushbu tikuv sexi ochilganiga 6 yildan oshiqroq vaqt bo‘lgan, ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlarning xaridorlari kun sayin ortib bormoqda. Tikuv sexida bugungi kunda MFYdagi “Ayollar” va “Yoshlar” daftarida turuvchi xotin-qizlardan 7 nafarining bandligi ta’minlangan. Tadbirkor shuningdek, qo‘shimcha tarzda issiqxona faoliyatini boshlagan holda issiqxonada tovuq ham boqib kelmoqda.

E.Sattorovaning faoliyatini o‘rgangan ishchi guruh uni ko‘rik-tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etishga chorladilar.

Slide 1 of 7