Tibbiyot xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi
Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman Kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda hududiy Kengash a’zolari, tibbiyot sohasi rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Dastlab, Kengash a’zolari Azamat Xamrayev va Farxod Asadovlar korrupsiyaga oid aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish to’g’risida ma’lumot berdi.
Shunda so’ng, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Bahodir Muhammadjonovning o’z tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish hamda ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir olib borayotgan choralari bo’yicha axboroti tinglandi.
Shuningdek, yig’ilish ishtirokchilariga qonunchilikdagi yangiliklar xususida ma’lumot berildi.