Yangiliklar

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI QATLAMLARI UCHUN IMTIYOZLAR NAZARDA TUTILAYAPTIMI?

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmonga koʻra:

1) «Mahalla huquqshunosi» loyihasi amalga oshiriladi, mahalla raislari kundalik hayotda kerak boʻladigan huquqiy sohalar boʻyicha qisqa muddatli bepul oʻquv kurslarida oʻqitiladi;

2) mahallalarda haftaning har chorshanba kuni «Huquqiy targʻibot kuni» oʻtkaziladi va quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

– «Online-mahalla» platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil qilinadi;

– aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar beriladi;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar

va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan taʼminlash, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkaziladi;

– kundalik hayotda eng koʻp zarur boʻladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona portal va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari toʻgʻrisida huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil qilinadi;

3) 2024-yil 1-iyuldan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tartibi joriy qilinadi. Bunda, Adliya vazirligi tomonidan «Madad» NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman

va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi.

Huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali

hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi.

Inobat BOBOKULOVA,

Samarqand shahar 1-FHDYO bo‘limi mudirasi, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati

Slide 1 of 1