Oqdaryoda pilla qabul qilish ishlari qizg‘in davom etmoqda
Ayni kunlarda “OQDARYO IPAGI” MCHJda pilla qabul qilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosarlari E.Ashurov, O.Shodmonov, oila va xotin-qizlar bo`lim boshlig`i, 8-Yangiqo`rg`on saylov okrugi deputati Y.O‘roqova, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Y.Jo‘rayev hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari “OQDARYO IPAGI” MCHJda pilla qabul qilish jarayonlari, xususan, “Ayollar daftari”dagi bandligi ta’minlangan xotin-qizlarning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.