Yangiliklar

G'alla rejasini bajarish shart

G'alla rejasini bajarish shart

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Jabborov hamda deputatlari J.Axunov Sh. Baxriyev tomonidan viloyat va tuman mas'ullari hamda fermerlar bilan Davlatga don sotish rejasini bajarish masalasiga qaratilgan yig'ilish o'tkazildi.Tuman rahbari g'allani nes-nobud qilmasdan yig'ishtirib olish muhim vazifa ekanligi, fermerlar buni to'gri anglashi va ishlarni tashkil qilishi shuningdek, Davlatga don sotish bo'yicha tuzilgan shartnoma shartlarini bajarishi shart ekanligini tushuntirdi. Bajarmagan fermerlarga choralar ko'rilishi aytib o'tildi. Xususan, ushbu masala sessiyaga kiritilib, fermer xo'jaligiga tegishli yer maydonlari hokimlik zaxirasiga olib qo'yilishini ta'kidladi.

Slide 1 of 7