Xayr bog‘cha, salom maktab
Halq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Usmonova Guljaxon tuman maktabgacha ta’lim va maktab
ta’limi bo‘limiga qarashli 17-MTTda o‘tkazilgan "Xayr bog‘cha, salom maktab" tadbirida qatnashdi. Bolajonlarni tadbirga
tayyorgarligi yuqori saviyada tashkil qilingan. Tashkilot xodimlarining kichkintoylarni maktabga kuzatish uchun amalga oshirgan mashaqqatli mehnatlari deputat tomonidan e’tirof etildi. Hamda deputat o‘z so‘zida mustaqqil O‘zbekistonimizni yetuk farzandlari bo‘lib yetishishiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Deputat tomonidan tarbiyalanuvchilarga munosib sovg‘a bo‘lgan ertak kitoblar tarqatildi.