Yangiliklar

Deputat "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ–706-IV-sonli Qarori ijrosi yuzazidan xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Ashurov va D.Normurodova shahardagi "Bog‘ishamol", “O‘zbekiston” va "Yulduz" MFYlari hududida muntazam ravishda mahalla faollari va mahalla yettiligi qanday ishlayotgani, uning dastlabki samaralari bilan qiziqdi. Mavjud muammolar va ularning yechimi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlari hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda, fuqarolarning muammolari ijrosi yuzasidan deputatlar o'z nazorat tadbirlari olib bormoqda.

Slide 1 of 4