Yangiliklar

Deputat ishtirokida Ishtixon tumani MFY faoliyati oʻrganildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati To‘xtashev Sherzod Azimovich va xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Raximov Mutallib Amirqulovich tumandagi “Bo‘ronxo‘ja” va “Beshkapa” mahalla fuqarolar yig‘ini faollarining faoliyati bilan tanishishdi.

Uchrashuvda mahalla faollari faoliyatini oʻrganish, hamda olib borilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashida hisobot taqdim qilib borishi aytib o‘tildi.

Mahalla faoliyati oʻrganilganda, hozirgi kunda Prezidentimiz hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan berilayotgan topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilayotgani aniqlandi.

Hamda mahalla faollaridan ko’pgina takliflar bildirilib ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi.

Slide 1 of 4