Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 9-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Kuldashev Xasan Mo‘minovich hamda 22-Sarmich saylov okrugi deputati Xolho‘jayev Asqarali O‘tagan o‘gli o‘z saylov okruglarida "Saylovchilar" bilan uchrashuvlar tashkil qilib, Yangi qabul qilingan Qonunlar mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirib o‘tdi.
– Uchrashuv davomida aholining muammo va takliflari tinglandi. Jumladan, ishtirokchilar tomonidan yo‘llarni asfaltlash va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish kabi muammolar bildirildi.
– Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati qonun doirasida o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yuborish orqali bajarilishi nazoratga olindi. Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi joylarda davom etmoqda.