Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.
янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Qaror ijrosi deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan Ashirqulmergan MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 48-uyda yashovchi fuqaro R.Mirzayeva xonadoniga tashrif buyurilib, mazkur qaror asosida olib borilayotgan uy-joyni ta’mirlash ishlari holati joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etildi.

Deputatlar tomonidan:
Qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati;
Belgilangan muddatlarda bajarilishi;
Qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi;
Ishlarning amaldagi talab va me’yorlarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan ham suhbat o‘tkazilib, bajarilayotgan ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va munosib yashash muhitini yaratish ekani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Fuqarolar manfaatlariga daxldor har bir loyiha va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi doimiy nazoratda bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4